Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qonunchilikdagi_yangiliklar


OTM magistraturasida oʻqiyotgan xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

 

Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022-y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

 

Nizomga koʻra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

 

 Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

 

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

 

 Arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi.

 

2022-yilda umumlashtirilgan talabgorlar roʻyxati 5 ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.

 

 Talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrugʻi qabul qilinadi.