Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya_xabari



Joriy yil ilk bor Olmaliqda uch egizak tugʻildi

      

Toshkent viloyat perinatal markazida Tojikiston fuqarosi, Olmaliq shahar Sharof Rashidov mahallasida vaqtincha istiqomat qilayotgan Ilhom Xusainov va Xolida Safarovalar oilasida bir yoʻla uch nafar oʻgʻil farzand dunyoga keldi.

    Bu oilada bir oʻgʻil va bir qiz kamolga yetayotgan edi. Endilikda ular besh nafar boʻldi. Chaqaloqlarga Hasan, Husan va Husniddin, deb ism qoʻyildi.

   Hozirda egizaklar tajribali shifokorlar nazoratida ostida boʻlib, ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

    12-avgust kuni Olmaliq shahar FHDYO boʻlimi tomonidan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar egizaklarning xolasi Aziza Baratovaga topshirildi.

    Maʼlumot oʻrnida: joriy yilning 9-avgustiga qadar Olmaliq shahrida 2 ming 309 nafar chaqaloq tugʻilgan. Ularning 1 ming 191 nafari oʻgʻil, 1 ming 118 nafari esa qiz. Uch egizakning tugʻilish yil boshidan beri ilk marotaba qayd etildi.