Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Munosabat


Huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish barcha davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri 

    “yoshlar_kundaligi” rasmiy telegram kanalida joriy yilning 13-avgust kuni eʼlon qilingan tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.


Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasida Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targʻibot yoʻli bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻtgan 6 oy davomida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya boʻlimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish yuzasidan 10 ming 262 ta, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida 3 ming 970 ta, 5 ming 821 ta ogʻzaki va 400 dan ortiq koʻrgazmali targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. 40 dan ortiq video va audioroliklar, 100 dan ziyod koʻrgazmali materiallar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Qilingan ishlar boʻyicha toʻxtalib oʻtamiz.

Masalan, joriy yilning oʻtgan vaqti mobaynida 215 nafar tadbirkorlik subyektlarining adliya boʻlimlariga qilgan murojaatlari koʻrib chiqildi. Murojaatlarni koʻrib chiqish davomida tadbirkorlik subyektlariga huquqiy koʻmak berilishi, ularning buzilgan huquqlarini tiklash choralari koʻrilishi taʼminlandi.

Jumladan, Toshkent viloyat adliya boshqarmasiga tadbirkorlik subyekti T.Raximjonov murojaat qilib, buzilgan savdo doʻkoni uchun kompensatsiya toʻlovlarini undirib berishda amaliy yordam koʻrsatishni soʻragan.

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan T.Raximjanovning murojaati toʻliq oʻrganib chiqilib, uning buzilgan doʻkoni uchun Zangiota tuman hokimligidan kompensatsiya pullarini undirish haqida Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi.

Sudning 2022-yil 6-apreldagi Hal qiluv qarori bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasining daʼvo arizasi qanoatlantirilib, tadbirkor T.Raximjanov foydasiga 3 mlrd. 622 mln. 297 ming 653 soʻm miqdoridagi kompensatsiya pullari undirilishi belgilandi.

Yoki,

Qibray tuman adliya boʻlimiga tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 43 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 72 nafar kadrlar inspektoridan lavozimi uchun ish haqi kam toʻlab berilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan

Qibray tumani adliya boʻlimi tomonidan 72 nafar xodimning manfaatini koʻzlab, kam toʻlangan ish haqini undirish maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, 72 nafar kadrlar inspektorlariga 151 million 268 ming 890 soʻm ish haqi toʻliq undirib berildi.

Yana bir misol.

2021-yil 21-sentyabr kuni “BUYUK POYDEVOR BARAKA” masʼuliyati cheklangan jamiyati 111-sonli shartnoma asosida Nurafshon shahar hokimligi bilan shahardagi Xalq qabulxonasi binosini joriy taʼminlash maqsadida 294 million 500 ming soʻmlik shartnoma tuzadi. Mazkur shartnoma asosida qurilish tashkiloti 279 million 982 ming 209 soʻmlik taʼmirlash ishlarini bajardi. Ammo shahar hokimligi tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmaganligi sababli 132 million 732 ming 209 soʻm kreditorlik qarzdorligi vujudga kelgan. “BUYUK POYDEVOR BARAKA” MCHJ rahbari Jasur Namozov Nurafshon shahar adliya boʻlimiga shahar hokimligi hisobidan mazkur qarzdorlikni undirib berish yuzasidan murojaat qildi. Tadbirkorning mazkur murojaati ham hal etildi.

Bunday misollarni har bir tuman va shahardan keltirishimiz mumkin. Bu misollar ortida qancha inson taqdiri, buzilgan huquqlarining tiklanishi, ertangi umidi yotibdi.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2019-yil 9-yanvaragi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonida “Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish barcha davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilab qoʻyilgan.

Har qanday odamning yomon tomonlari koʻringanda uning yaxshi tomonlarini ham eslab oʻtish joiz. Shunda adolatdan boʻladi.

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi har qanday OAV bilan yaqindan hamkorlik qilishga doimo tayyorligini bildiradi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi