Янгиликлар
Bilasizmi
Kimlar va nimalar davlat chegarasi orqali navbatsiz oʻtkaziladi?
Davlat chegarasi orqali quyidagilar navbatsiz oʻtkaziladi:
qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar va ular ketayotgan avtotransportlar;
ogʻir bemorlar, homilador va nogironlar, 7 yoshgacha bolalar, ularga hamrohlik qiluvchilar va ular ketayotgan avtotransportlar;
xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni muntazam tashiydigan transportlar;
tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, OAV uchun xabarlar va boshqa materiallar;
tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur boʻlgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib oʻtiladigan transportlar;
Prezidenti Administratsiyasi yoki Hukumatning tegishli yozma topshirigʻiga muvofiq shaxslar, transportlar va tovarlar;
Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
Oʻzbekistonning oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.