Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi


Tadbirkorlarga umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.

 

 Bunda:(https://lex.uz/docs/5706603)


 

 soliqlarni toʻlashni kechiktirish mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan 3 oy muddatda soliq organlarini xabardor qilgan va uning toʻlanishini taʼminlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;

 

 yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq toʻlovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi toʻliq miqdorda undiriladi;

 soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni toʻlashni kechiktirish taqdim etilmaydi.