Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bilasizmi


“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

 

Hukumat qarori (443-son, 10.08.2022-y.) bilan “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga muvofiq “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga har yili 1-maygacha taqdim etadi.

 Nomzodlarni koʻrib chiqish uchun 5 kishidan iborat komissiya tuziladi.

Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1 iyunga qadar chiqariladi.

Koʻkrak nishoni har yili 5 iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qoʻmita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm) miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.