Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

MEHNAT HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, joylarda aholining huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va masʼuliyati sezilarli ravishda oshmoqda.

Bu borada fuqarolarning mehnat huquqlarini toʻliq taʼminlash, bu borada doimiy va taʼsirchan nazorat olib borish orqali mehnat qonunchiligi amaliyatini aniq va bir xilligini taʼminlash adliya organlari oldidagi ustivor vazifalardan biri hisoblanadi.

Bekobod shahar adliya boʻlim tomonidan amalga oshirilgan monitoring va oʻrganishlar, fuqarolardan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlar tahlillari natijalariga koʻra fuqarolarning mehnat huquqlarini buzilishiga sabab boʻlayotgan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrilishi taʼminlanmoqda. Xodimlarning mehnat huquqlari, shu jumladan qonunchilikda belgilab qoʻyilgan ish haqi va ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar, kompensatsiya pullarini toʻlashda yuzaga kelayotgan qonubuzilish holatlari bartraf etilmoqda.

Xususan, joriy yilning shu kuniga qadar mehnat qonunchiligini buzilishi bilan bogʻliq    aniqlangan holatlar, kelib tushgan murojaatlarga koʻra davlat organlari va tashkilotlariga   xodimlarga toʻlanmasdan qolayotgan toʻlovlarni toʻlab berish yuzasidan tegishli tartibda taqdimnomalar kiritilib, 108, 1 mln soʻmlik ish haqlari va kompensatsiya pullarini toʻlab berildi. Xususan, oʻtkazilgan huquqiy monitoring natijasiga koʻra Bekobod shahar Tibbiyot boʻlimining 08.06.2022-yildagi 83-sonli buyrugʻiga asosan 10 kunlik muddatga Tugʻuruq boʻlimi faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatilgan boʻlib, biroq xodimlarga vaqtinchalik bekor turib qolganliklari uchun ish haqi toʻlovi amalga oshirilmasdan qolganligi aniqlangan. Aniqlangan qonubuzilishi holati yuzasidan kiritilgan taqdimnomaga asosan 121 nafar xodimlarga jami 59,1 mln soʻmlik ish haqlarini toʻlab berilishi taʼminlandi.

                                                Bekobod shahar adliya boʻlimi boshligʻi   X.Bibayev