Янгиликлар
Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish
Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish

Boʻka tuman adliya boʻlimi va ichki ishlar organlari tomonidan Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 51-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida mahallalarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbirlardan biri tuman adliya boʻlim boshligʻi Ulugʻbek Boltayev, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Akmal Babaxanov, DXM xodimlari, uchastka nozirlari hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari ishtirokida “Achamayli Fayz baraka” mahallasida oʻtkazildi.
Tadbirda joriy yilning oʻtgan 6 oy davomida mahallada sodir boʻlgan jinoyatlar haqida qisqacha maʼlumot berib, bularni oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida taʼkidlab oʻtildi.
Tuman adliya boʻlim bosh maslahatchisi “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish har birimizning burchimizdir” mavzusida maʼruza qildi.
Yoshlar tarbiyasida oila, taʼlim muassasalari, mahalla faollari va nuroniylari ularni huquqiy ongini, savodxonligini oshirishda hamkorlikda faoliyat olib borsh samarali boʻlishi haqida toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, yoshlarning bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish jinoyatchilikni oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-sonli Qarori eʼlon qilingan.
Tuman DXM xodimi tomonidan koʻrsati layotgan yangi davlat xizmatlari boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi. Bu oʻz oʻrnida aholini, yoshlarimizi turli oavragarchilik va sarsongarchiliklarini oldini oladi.
Yigʻilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Mahallalarda yoshlarimiz, aholi orasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, ularni huquqiy madaniyatni, huquqiy ongini oshirish uchun hamkorlikda tez-tez tadbirlar oʻtkazilishi taʼkidlab oʻtildi.
Gulxumor Sodiqova,
Boʻka tumani adliya boʻlimi inson huquqlari
va huquqni qoʻllash amaliyotini
oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi