Янгиликлар
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyati yuzasidan seminar oʻtkazildi
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyati yuzasidan seminar oʻtkazildi
Boʻka tuman adliya boʻlim tomonidan tuman Irrigatsiya boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 8-avgust kuni eʼlon qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyati yuzasidan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Tadbirda yigʻilganlarga davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida tartibga soluvchi qonunning mazmun va mohiyati tushuntirib berildi.
Seminar ishtirkchilari tomonidan berilgan savollarga adliya boʻlimi xodimlari tomonidan javoblar berildi.
Abdurasul Niyozov,
Boʻka tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi