Янгиликлар
Seminar
Seminar
Boʻka tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman hokimlik soatida barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-avgust kuni eʼlon qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun va mohiyati yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminarda davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida tartibga soluvchi qonunning mazmuni yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Tadbirda ishtirkchilar tomonidan berilgan savollarga adliya boʻlimi xodimlari tomonidan javoblar berildi.
Seminarning yakunida har bir davlat tashkilotida ushbu qonuning mazmun va mohiyatini tushuntirib berish yuzasidan seminarlar oʻtkazilishi taʼkidlab oʻtildi.
Ulugʻbek Boltaboyev,
Boʻka tuman adliya boʻlim boshligʻi