Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Bilasizmi


Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi

 

 Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish boʻyicha subsidiya Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

 

(https://lex.uz/docs/5834104)

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;

 

yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda;

 

oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda.

 

Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga arizalarni yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.