Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

 

Qarorga (https://t.me/huquqiyaxborot/12332) koʻra, 2022-yil 1-noyabrdan tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan:

 

parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;

uzum koʻchati va tok soʻrisi;

asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;

quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;

baliq chavoqlari, sunʼiy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratiladi.

 

Bunda, mazkur subsidiya 1 nafar tomorqa yer uchastkasi egasi uchun BHMning 20 baravarigacha (6 mln soʻmgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan ajratiladi.

 

2023-yil 1-yanvardan quyidagilarga ruxsat etiladi:

 

YATTga murakkab boʻlmagan umumiy qurilish va qurilish-taʼmirlash ishlari (beton quyish, boʻyoqchilik, suvoqchilik ishlari, gʻisht va kafel terish, perforatsiya, duradgorlik, chilangarlik va boshqa umumiy qurilish ishlari)ni, shu jumladan yuridik shaxslar uchun ham bajarishga;

qurilish-pudrat tashkilotlariga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun shartnoma asosida YATTni jalb qilishga.

 

Bunda:

 YATT umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodimni yollashi mumkin;

umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan YATTga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olishga subsidiya (bitta xodim uchun BHMning 15 baravarigacha – 4,5 mln soʻmgacha miqdorda) ajratiladi.

 

Qarorga koʻra, “Yoshlar daftari” platformasida “Bitiruvchilar bandligi” funksionali joriy qilinadi va bu orqali umumiy oʻrta, professional hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining 3 yil davomidagi bandlik holati monitoring qilinadi.