Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi MCHJga aylantirildi

 

“Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–215-son, 07.09.2022-y.) qabul qilindi

 

Farmonga muvofiq “Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSH dollariga teng “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi” MCHJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

 

Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

 

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

 

kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish;

 

yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;

 

yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.