Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Foydalanilmayotgan obyektlarga nisbatan oshirilgan soliqlar natijasida hosil boʻlgan qarzlar hisobdan chiqarildi

 

“Taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida hosil boʻlgan soliq qarzini hisobdan chiqarish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–218-son, 09.09.2022-y.) qabul qilindi

 

Farmonga koʻra, foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qoʻllanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha:

 

mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;

soliq qarzini undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

 

2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qoʻllash natijasida undirilgan soliq kelgusi toʻlovlar hisobiga mulkdorlarga qaytariladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 1-iyuldan boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlariga hamda ushbu obyektlar bilan band yerga mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini toʻxtatish tartibi bekor qilingan. (https://t.me/huquqiyaxborot/11958)