Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Intellektual mulkning sohalaridan biri boʻlgan Tovar belgilari tushunchasi hamda tovar belgilarini roʻyhatdan oʻtkazish uchun ariza yuborish tartibi


Intellektual mulkning sohalaridan biri boʻlgan Tovar belgilari tushunchasi hamda tovar belgilarini roʻyhatdan oʻtkazish uchun ariza yuborish tartibi

 

Tovar belgilari intellektual mulkning faqat bitta sohasidir, uning maqsadi mahsulot yoki xizmatni boshqa mahsulotlar yoki xizmatlardan ajratishdir.

Tovar belgisi nima? Tovar belgisi - bu maʼlum bir korxona tovarlari yoki xizmatlarini individuallashtiruvchi va ularni raqobatchilar tovarlardan ajratib turadigan belgining mavjudligidir.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish, uchinchi shaxslarning savdo jarayonida tovar belgisiga yoki xizmatlarga oʻxshash belgilaridan foydalanishni oldini olish uchun mutlaq huquqni beradi. Bu shuni anglatadiki, roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisi faqat uning egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan boshqa tomonga foydalanilishga berilishi mumkin.

Tovar belgisining Jamoa va Sertifikatlash belgilari kabi turlari mavjud.

Jamoa belgilari odatda bir guruhga yoki korxonalar birlashmasiga tegishli boʻladi. Ulardan foydalanish uchun ruxsat bevosita guruh yoki uyushma aʼzolariga beriladi.

Sertifikatlash belgisi - bu tovar yoki xizmat koʻrsatilishi tovarning egasi tomonidan tovarning kelib chiqishi, ishlab chiqarish shakli yoki xizmatlarning bajarilishi, sifati, aniqligi yoki boshqa xususiyatlari boʻyicha sertifikatlanganligini koʻrsatuvchi belgi hisoblanadi.

Jamoa belgilari va sertifikatlash belgilarining asosiy farqi shundaki, birinchisidan faqat jamoaviy belgiga ega boʻlgan birlashma aʼzolari foydalanishi mumkin, ikkinchisi esa belgilangan standartlarga javob beradigan har qanday foydalanuvchi foydalanishi mumkin.

Tovar belgilari Internetda va domen nomlari sifatida ham keng qoʻllaniladi. Biroq, bu chalkashlikni keltirib chiqarishi mumkin, chunki tovar belgisiga boʻlgan huquqlar hududiy xarakterga ega va ular huquqlar berilgan mamlakatlarda ishlatilishi va amalga oshirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Madrid tizimi, Savdo-sotiq jihatlari toʻgʻrisidagi Bitimi (TRIPS) hamda Tovar belgilari toʻgʻrisidagi Singapur shartnomalari tovar belgisini tartibga soluvchi milliy hamda xalqaro hujjatlar jumlasidandir.

Tovar belgilarini roʻyhatdan oʻtkazish uchun https://my.ima.uz/ sayti orqali vakolatli organga elektron ariza yuborish orqali amalga oshiriladi.

Elektron arizada quyidagi hujjatlarning ma'lumotlarini kiritiladi

talabnomadagi ro'l, huquq egasi, talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri - belgining fotosurati!, (550) belgi turiga taaluqli ko'rsatma, (561) belgi yoki uning qismlarining transliteratsiyasi, (591) rangi yoki ranglar uyg'unligi (agar rangli tasvirda bajarilgan belgini ro'yxatdan o'tkazish so'ralsa), (571) talabnoma berilayotgan belgining tavsifi (talabnoma berilayotgan belgining tarkibiy qismlari), (750) yozishmalar uchun manzilgoh (manzilgoh egasining to'liq pochta manzili, ismi yoki nomi), jamoaviy belgi hamda ishonchnoma.

Ma'lumotlar to'g'ri kiritilganligini tekshirib, to'lov uchun invoys yaratiladi va to'lovni amalga oshiriladi. Talabnoma vakolatli organga elektron yuboriladi hamda natijasi elektron shaklda aniqlash mumkin bo’ladi.

Shuningdek, quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:

1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar, davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari, rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar, davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari, farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar, muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar, umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar, tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar, tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar, tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar, maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa, jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar;

2) ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga maʼlum deb eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday koʻrsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;

3) oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar, sanoat namunalarini, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlsa, takrorlovchi belgilar, Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar, atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atohli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.

Bundan tashqari davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar, davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari, rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar hamda davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.

Farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar, muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar, umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar, tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega boʻlmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, shuningdek, koʻrsatilgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega boʻlgan taqdirdagina, yoʻl qoʻyilishi mumkin.

 

Xadjiyev Muxammadjon

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi

mas’ul xodimi