Янгиликлар
Adliya_tashabbus
Xabaringiz bor Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillikning 31 yilligiga bagʻishlab “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz”shiori ostida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga bagʻishlangan “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival oʻtkazilmoqda.
Ohangaron shahar “Madaniyat va istirohat bogʻi”da tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi xodimlari, notariuslar, advokatlar, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDYO va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirga kelgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
“Yoshlar” radiokanali ijodkorlari tomonidan aholi oʻrtasida qiziqarli savol-javob tashkil etilib, viktorina gʻoliblari taqdirlandi.
https://t.me/toshkentviladliya/3692