Янгиликлар
Bilasizmi
2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish uchun hokimliklar tomonidan quyidagi choralar (https://lex.uz/pdfs/6204690) koʻrilishi kerak:
barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil qilish;
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga koʻmir va suyultirilgan gazni oʻz vaqtida yetkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim bilan taʼminlash;
olis borish qiyin hududlar va tabiiy ofatlar oqibatida talafot koʻrish ehtimoli mavjud qishloqlarda koʻmir va suyultirilgan gazni yetkazib berish va kamida 15-20 kunga yetadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.