Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qonunchilikda yangiliklar


Tibbiyot yoʻnalishi bitiruvchilari toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin

 

"Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilindi (561-son, 03.10.2022-y.)

 

 Qarorga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 oʻquv yilida:

 

 barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari bitiruvchi kurslariga toʻliq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya boʻlimlarida shifokor sifatida;

 

 barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari boʻyicha toʻliq stavkagacha ishlashi mumkin.

 

 "Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yoʻnalishlari boʻyicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashgʻulotlarning nazariy qismini masofaviy oʻzlashtiradi.

 

 Sogʻliqlni saqlash vazirligi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022-yil 1-oktyabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022-yil 1-noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant oʻrinlarga ishga joylashtiradi.