Янгиликлар
05
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bir yoshga toʻldi.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bir yoshga toʻldi.

.jpg)
.jpg)
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlikka barham berildi.
Bugun Yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyat boshlaganiga ham bir yil toʻldi. Shu qisqa vaqt mobaynida markaz xodimlari tomonidan tashkilotlarga yuridik xizmat koʻrsatish sifati va qamrovi ortdi.
Mazkur sana munosabati bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda, adliya vazirining faxriy yorliqlari tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlariga taqdim etildi.