Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Qonunchilikda yangiliklar


Namangan toʻqimachilik sanoati instituti tashkil etildi

 

“Namangan toʻqimachilik sanoati institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–386-son, 05.10.2022-y.) qabul qilindi.

 

 Qarorga koʻra, Institut toʻqimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.

 

 2024/2025 oʻquv yiliga qadar Institut huzurida toʻqimachilik texnoparki faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

 

 2026/2027 oʻquv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

 

 Shuningdek, Institut tarkibida quyidagilar yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi:

 

Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi;

Dizayn studiyasi;

Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi.

 

 

 Institutda oʻqish quyidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisiliklar boʻyicha tashkil etiladi:

 

 Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari:

 

Toʻqimachilik muhandisligi;

Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi;

Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;

Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi;

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;

Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni.

 

Magistratura mutaxassisliklari:

 

Toʻqimachilik muhandisligi;

Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha);

Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi;

Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi;

Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi;

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;

Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni;

Toʻqimachilik mahsulotlari marketingi.