Янгиликлар
Bilasizmi
Paxta klasterlari yoʻq hududlarda fermerlar kooperatsiya tashkil qilishi mumkin
Paxta-toʻqimachilik klasterlari yoʻq hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
(https://lex.uz/docs/4756994) Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kooperatsiya aʼzolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
kooperatsiya va ularning aʼzolari oʻrtasidagi shartnoma asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit, urugʻlik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan taʼminlash;
kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
kooperatsiya aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish.