Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Qonunchilikda yangiliklar


Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish qoʻllab-quvvatlanadi

 

“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–387-son, 06.10.2022-y.) qabul qilindi.

 

 Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi korxonalariga va mahsulotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchi korxonalarga mablagʻlar ajratiladi.

 

 Bunda:

qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun kreditlar 150 million soʻmgacha garovsiz beriladi;

kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlari yillik 14 foiz miqdorida belgilanib, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha ajratiladi;

ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha boʻlgan qismi qarz oluvchi talabiga asosan naqd pulda taqdim etiladi;

ajratiladigan kreditlar boʻyicha Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari garov taʼminoti sifatida qabul qilinadi.

 

 Qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi.

 

 2022–2023-yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan maydonlar kamida 300 ming gektarga yetkazilishi belgilandi.