Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Qonunchilikda yangiliklar


Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari qayta koʻrib chiqiladi

 

“Qurilish cohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (577-son, 06.10.2022-y.)                     

 

 Qarorga koʻra, qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirishning asosiy maqsadlaridan biri etib eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqish belgilandi.

 

 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar belgilab qoʻyildi:

 

 “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;

qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega boʻladi;

qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi;

shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta koʻrib chiqiladi va zaruratga koʻra yangilab boriladi;

qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

  shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalarning tegishli qismlari toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.