Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Jarayon


















Haftalik doirasida keksalarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi

      Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan edi.
      Olmaliq shahar, Ohangaron va Parkent tuman  davlat xizmatlari markazi xodimlari haftalik  doirasida keksalarga hurmat, ehtirom ko‘rsatib, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish, pensiya haqida maʼlumotnoma olish, nafaqa tayinlash uchun ariza berish, kadastr pasportini shakllantirish,  elektron raqamli imzo olish kabi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek tadbir davomida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar ham berildi.