Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Lashkerakda sayyor qabul










Lashkerakda sayyor qabul

 

      Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida hal etish, aholiga yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish  maqsadida Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angren shahar markazidan olisda joylashgan “Lashkerak” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul tashkil etildi.

    Tadbirda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari H. Nazarov ishtirok etib, aholining murojaatlari atroflicha oʻrganib chiqildi. Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyati, elektr energiyasi, transport, oylik ish haqi, kontrakt toʻlovi  kabi masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida 8 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushunchalar berilib, 12 ta murojaatlarni koʻrib chiqilishi nazoratga olindi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

matbuot xizmati