Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ota tilim, o, Ona tilim



Ota tilim, o, Ona tilim

 

Qat-qatingda koʻrinur feʼlim,

Yuragimsan, qalbim va dilim.

Birlashtirding, xalq boʻldi elim,

Ota tilim, o, Ona tilim!

 

Bilga qogʻon hayqirigʻi sen,

Qoshgʻariyning chaqirigʻi sen,

Tengriqutning adl tugʻi sen,

Ona tilim - yagona tilim!

 

Senda suron solmishdi Temur,

Senda sobit qolmishdi Temur,

Bir soʻz-la yurt olmishdi Temur,

Ona tilim - mardona tilim!

 

Toygʻoq, Arab-Ajamdan to Chin

Qanot yoyding misoli lochin.

Xurosonda ochding quloching,

Ona tilim - durdona tilim!

 

Alisherning ilkida chechak,

Kimga mehnat, kimgadir emgak.

Shayboniydan armonli ertak,

Ona tilim - afsona tilim!

 

Oʻraltovlar qayragan tilim,

Hindi elda yayragan tilim,

Sanduvochlar sayragan tilim,

Ona tilim - mastona tilim!

 

Sogʻinganlar seni deb ado,

Vidolarda berursan sado.

Yaxshi soʻzsan, men senga gado,

Ona tilim - shohona tilim!

Iqbol MIRZO