Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Oʻtgan 9 oyda davlat xizmatlari boʻyicha 10 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi


Oʻtgan 9 oyda davlat xizmatlari boʻyicha 10 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot va korxonalarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyati oʻrganilganda, ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonunbuzilishlar aniqlandi.

Xususan, joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda 61 marotaba oʻrganish, jumladan, 22 tasi murojaatlar asosida va 39 marotaba monitoring tadbirlari oʻtkazildi. Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 10 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Bularning 6 ming 834 tasida muddat buzilgan boʻlsa, 95 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan. 3 ming 293 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanib, masʼul shaxslarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilgan. Qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda hokimliklar tomonidan 3 ming 526 ta, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan 3 ming 153 ta, Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari va Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuzilmalari tomonidan 1 ming 236 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.

Shuningdek, 187 ta sogʻliqni saqlash sohasida, 101 tasida soliq organlari tizimida, 2 ming 236 tasida esa boshqa xizmat koʻrsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

Boshqarma tomonidan vakolatli idoralarga 485 ta ogohnoma, 70 ta taqdimnoma kiritildi. 107 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 121 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

 

Abbos Ahmedov,  

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlimi boshligʻi