Янгиликлар
Qonunchilikdagi_yangiliklar
Nodavlat professional taʼlim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi
“Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (612-son, 19.10.2022-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra:
nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng koʻp muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi;
nodavlat taʼlim tashkilotlarining professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun bankdagi hisobvaragʻiga qoʻyiladigan mablagʻ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.