Янгиликлар
Soʻragan_edingiz
Savol: Qizim vafot etdi. Hujjatlar ichidan qarz shartnomasi chiqdi. Bergan qarzi qaytarilmagan ekan. Farzandlariga men vasiy va homiy boʻldim. Vasiylik huquqimdan foydalanib, qarzni qaytarib olish uchun sudga daʼvo qilishim mumkinmi?
Javob: Agarda qarz shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtirilgan boʻlsa, meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlari ham meros tarkibiga kiradi. Birinchi darajadagi merosxoʻrlar qatoriga meros qodiruvchining bolalari, eri (xotini). teng ulushda merosxoʻr hisoblanadi. Merosni rasmiylashtirish uchun qizingizning oxirgi doimiy roʻyxatda boʻlgan manzildagi notariusga murojaat etishingiz mumkin. Ushbu masala boʻyicha sudga ham murojaat etish huquqingiz mavjud.