Янгиликлар
"JADID TAFAKKURI" stipendiyasi g'olibi aniqlandi.
"JADID TAFAKKURI"
stipendiyasi g'olibi aniqlandi.
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022- yil 28- sentabdagi 228- um- son buyrug'iga asosan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta'lim muassasalari talaba- o'quvchilari uchun "Jadid tafakkuri" nomli stipendiya tanlovi e'lon qilingan edi.
Bugun Toshkent viloyati yuridik texnikumida mazkur tanlovning birinchi bochqichi o'tkazildi. Tanlovning Esse yozish sharti bo'yicha texnikumning 29 nafar o'quvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.
Shaffof tarzda tashkil etilgan hududiy bosqich jarayonlari
ZOOM platformasi orqali jonli efirda olib borildi.
"Jadid tafakkuri" stipendiyasi tanlovining yakuniy natijasiga ko'ra, tanlov komissiya a'zolari tomonidan texnikumning 2-bosqich davlat-huquqiy faoliyat yo'nalishi 4-21 guruh o'quvchisi Qodirova Go'zal Qodir qizi 225 ball olgan holda g'olib deb topildi.
G. Qodirovaga tanlovning respublika bosqichida omad tilaymiz!