Янгиликлар
Inson huquqlarini himoya qilishda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish dolzarb vazifalardan biri
Inson huquqlarini himoya qilishda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish dolzarb vazifalardan biri
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar kundan kunga ijobiy samara bermoqda. So‘nggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish,
sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish,
shu jumladan ustuvor yo‘nalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish
va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo‘qotish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik
va boshqa yordam ko‘rsatish, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish
va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.07.2019 yildagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoniga muvofiq, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil qilinib uning hududiy tuzilmalari joylarda odam savdosi va majburiy mehnatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga ko‘maklashmoqda.
Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent viloyati hududiy komissiya a’zolari tomonidan bu borada o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, seminarlar va targ‘ibot tadbirlarining o‘rni beqiyosdir.
Xususan, viloyat hokimligi, prokuratura, ichki ishlar organi, adliya organi, kasaba uyushmasi, yoshlar ittifoqi, mahalla va nuroniylarni qo‘llash quvvatlash, sog‘liqni saqlash, tibbiy ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari hamda
“Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi vakillari ishtirokida “Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishda amalga oshirilagan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ishlarning muhokamasi” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda odam savdosi va majburiy mehnat jabrdiydalariga yordam berish, ularni reabilitatsiya qilish hamda xorijda fuqarolarimiz manfaatini himoya qilish masalalari, shu bilan birga, ma’ruzachilar tomonidan tayyorlangan axborot, Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari komissiya a’zolari tomonidan tayyorlangan axborotda sohada milliy qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilgan ishlar, ko‘rilgan tashkiliy va amaliy choralar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar aks ettirilgani ta’kidlandi.
Qahramon Hafizov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya
qilish bo‘limi boshlig‘i