Янгиликлар
Meni mahallamda jinoyat boʻlmaydi
Meni mahallamda jinoyat boʻlmaydi
Mamlakatimizda aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʻz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻladigan fuqarolarni tarbiyalashning keng qamrovli tizimlari mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-mayda “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 259-son qarori qabul qilingan boʻlib, mazkur Qarorda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan.
Mazkur Qarorga asosan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ning 51-bandida mahallarlarda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot tadbirlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.
Ushbu kompleks chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan Ohangaron tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda uyushmagan va voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgan 15 ta mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “meni mahallamda jinoyat boʻlmaydi” mavzusida mahallabay huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Targʻibot davomida, uyushmagan va voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari, kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari toʻgʻrisida fuqarolarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholining jinoyatchilikni kamaytirishga doir takliflari tinglandi.
Fuqarolarning jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan bildirgan takliflari ichidan eng maqbullari tanlanib, aholi oʻrtasida taklif yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazildi.
Ushbu yoʻnalishdagi boshlangan ishlar tuman IIB hamda Yoshlar ishlari agentligining maʼsul xodimlari hamkorligida amalga oshirilib kelinmoqda.
Baxriddin Joʻrayev,
Ohangaron tuman
adliya boʻlimi boshligʻi