Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Xodimlarning 253 million soʻmga yaqin ish haqlari undirib berildi


Xodimlarning 253 million soʻmga yaqin ish haqlari undirib berildi

Bugun yurtimizda har bir tashkilot va idoralarda murojaatlarning oʻz vaqtida nazoratga olinishi va koʻrib chiqilishi xizmat faoliyatining bir qismiga aylandi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida ham fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qilingan har bir murojaat javobsiz qoldirilmay  murojaatlar boʻyicha oʻz vaqtida javob berib kelinmoqda.

Xususan, fuqaro Bunyod Eshonqulov Ohangaron tumani adliya boʻlimiga “Gidromontaj” DUK tomonidan oylik ish haqlari toʻlab berilmayotganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushdi. Fuqaroning murojaati qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrganilganda, korxoda tomonidan nafaqat Eshonqulovning balki, yana 50 nafar xodimning oylik maoshlari oʻz vaqtida toʻlab berilmayotganligi ham aniqlandi.

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 50 nafar xodimning ogʻzaki murojaatlari boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.

Oʻrganish jarayonida, “Gidromontaj” DUK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martda eʼlon qilingan “Ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 88-sonli qarori talablari bajarilmaganligi maʼlum boʻldi.

Xodimlarning oylik ish haqlarini undirish maqsadida adliya boʻlimi tomonidan korxonaga taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma kiritilishi natijasida 27 nafar fuqaroning oylik maoshlari toʻlab berildi. Qolgan
24 nafar fuqarolarning ish haqlari oʻrtada nizo boʻlganligi sababli daʼvo tartibida Fuqarolik ishlari boʻyicha sudda undirib berildi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan 51 nafar fuqaroning murojaatlari qanoatlantirilib, jami 252 million 814 ming 306 soʻm pul mablagʻlari undirib berildi.

 

                                               Baxriddin Joʻrayev,

Ohangaron tumani adliya
boʻlimi boshligʻi