Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

27 yoshida fuqaroning tugʻilganligi FHDYO boʻlimida qayd etildi


27 yoshida fuqaroning tugʻilganligi FHDYO boʻlimida qayd etildi

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimiga 1995-yil 28-may kuni tugʻilgan fuqaro Z.S. tugʻilganlik guvohnomasi olinmaganligi sababli onasi Z.S.ning tugʻilganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaatini oʻrganish davomida, onasi Z.S 1992-yil Tojikiston Respublikasiga turmushga chiqib, oilaviy kelishmovchilik va Tojikistondagi notinchliklar sababli homilador holatda 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytganligi hamda 1995-yil 28-may kuni farzandini Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Burchmullo qishlogʻida tugʻruq muassasasida dunyoga keltirganligi maʼlum boʻldi.

Biroq, Z.Sning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmaganligi sababli FHDYO organlarida qizini tugʻilganligini qayd qilishni imkoni boʻlmagan.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarorining ilovasi bilan tasdiqlanagan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuning uchun, fuqaro Z.S 2020-yilda fuqaroligi yoʻq shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olgan boʻlsada, tibbiyot muassasasida qizining tugʻilganligi haqidagi hujjatlar saqlanmaganligi hamda uning onasidan tugʻilganligi tibbiyot muassasasi tomonidan tasdiqlanmaganligi uchun FHDYO boʻlimi tomonidan unga tugʻilganlik haqida guvohnoma berish rad etilgan.

Murojaatni koʻrib chiqish yakunida, tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaroning manfaatida tugʻilganlik faktini belgilashni soʻrab ariza bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilindi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining 2022-yil 22-apreldagi hal qiluv qarori bilan fuqaro Z.S.ning 1995-yil 28-may kuni Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida fuqaro Z.S.dan tugʻilganligi fakti belgilandi hamda joriy yilning iyun oyida 27 yoshni qarshi olgan Z.S.ning tugʻilganligi FHDYO organida qayd etilib, tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi.

 

Gulnoz Rajabova,

Boʻstonliq tuman

FHDYO boʻlimi mudirasi