Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Mobil-ID tizimining joriy etilishi va qulayliklar.


Mobil-ID tizimining joriy etilishi va qulayliklar.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son farmoniga muvofiq, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 170 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilib kelinmoqda.

        Shu jumladan, joriy yilning 1-avgustidan Mobil-ID tizimining joriy etilishi munosabati bilan Davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar tomonidan fuqarolar elektron tizimli identifikatsiya mobil telefon raqamlari orqali oʻtkazilmoqda.

Buning qulaylik taraflari:

birinchidan, davlat organlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali soʻrab olinganda shaxsga doir maʼlumotlar subyektining shaxsiy kabineti yoki mobil-id tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamiga ushbu haqida xabarnoma yuboriladi,

ikkinchidan, mahalliy hokimlik, xoʻjalik birlashmalari, davlat tashkilotlari va muassasalari,shuningdek nodavlat tashkilotlar tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishda shaxsga doir maʼlumotlar uning subyekti roziligi bilan bunda, maʼlumotlar tegishli tashkilotga shaxsga doir maʼlumotlar subyektining shaxsiy kabineti yoki Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamidan tasdiq olingandan soʻng “Elektron hukumat” tizimi orqali taqdim etiladi.

Bu esa, ish jarayonidagi ortiqcha vaqt sarflashni oldini olish va sifatli hamda haqqoniy maʼlumotga ega boʻlish amaliyotini qoʻllash boʻlib, oʻzining samarasini bermoqda.

Saloxiddin Saatov,

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi

Davlat xizmatlar markazi rahbari