Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Oramizda bundaylarga oʻrin yoʻq


Oramizda bundaylarga oʻrin yoʻq

 

Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan Olmaliq shahrida adliya xodimi jinoyatga qoʻl urgani haqidagi xabarga nisbatan munosabati

 

Ijtimoiy tarmoqlarda adliya xodimi pora bilan ushlangaligi haqidagi xabar tarqaldi. Ushbu hodisa joriy yilning 16-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Hozirgi kunda mazkur holat boʻyicha tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

Avval turli idoralarda faoliyat yuritgan A.Sh. 2021-yilning 1-noyabridan buyon Olmaliq shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazida bosh yuristkonsult lavozimida ishlab kelgan.

Maʼlumot oʻrnida: 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab tuman va shaharlarda Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etilgan. Ayni kunda mazkur markazlar tomonidan viloyatdagi 1900 dan ortiq davlat organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar hamda maktabgacha taʼlim, maktablar va poliklinikalarga huquqiy xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.

Koʻrinib turibdiki, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari “Olmaliq KMK” AJ kabi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga huquqiy xizmat koʻrsatmaydi, A.Sh.ning nopok harakatlari uning vazifasi bilan bogʻliq emas.

Adliya boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi yakuni boʻyicha   markaz xodimi A.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Taʼkidlash joizki, adliya boʻlimlari tomonidan markaz faoliyati doimiy nazorat qilib boriladi. Muqaddam ham markaz xodimi A.Sh. xizmat vazifasini bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

Adliya tizimida bundan keyin ham “adliya xodimi” degan nomga dogʻ tushiruvchi nopok xodimlarga nisbatan toqatsiz munosabatda boʻlish davom etadi, adliya organlarida bu kabi shaxslarga oʻrin yoʻq.

Eslatma: adliya organlari xodimlari harakatlarida shaxsiy manfaatlarini koʻzlab, xizmat majburiyatlaridan chetga chiqish, taʼmagirlik, firibgarlik va boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz darhol quyidagi aloqa kanallari orqali xabar bering:

“1008” ishonch telefoni;

Telegram-boti (“@antikorbot”);

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimining xizmat telefon raqamiga 71-207-04-64.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi