Янгиликлар
04
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 31-oktabrda navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda quyidagi qarorlar qabul qilindi
Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 31-oktabrda navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tib, unda quyidagi qarorlar qabul qilindi
1) 33/2022-son yig‘ilish bayoni bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 20.04.2020 yilda Bo‘stonliq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Vohidova berilgan TS 0006-raqamli litsenziyaning amal qilishini 2022-yil 3-noyabr kunidan 3 (uch) oy muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida;2) 34/2022-son yig‘ilish bayoni bilan Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 21.04.2020 yilda Olmaliq xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius G.Isakjanovaga berilgan TS 0034-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2022-yil
1-noyabr kunidan 2 (ikki) oy muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida.
Shuningdek, notariuslar M.Vohidova va G.Isakjanovalarning notariuslik maqomi to‘xtatilganligi haqida Toshkent viloyat adliya boshqarmasining 2022-yil
31-oktabrdagi 267-um, 268-um buyruqlari qabul qilindi.