Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiya shaxsning daxlsizligi, erkin harakatlanishi va himoyasi kafolatlaridir


Konstitutsiya shaxsning daxlsizligi, erkin harakatlanishi va himoyasi kafolatlaridir

1992-yil 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi xalqi uchun unutilmas kun bo‘lib, ushbu kunda bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashi tomonidan tasdiqlanib, kuchga kirgan sana. Oradan qariyb o‘ttiz yil o‘tib, zamon insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiqishni taqozo qildi va Davlatimiz rahbari tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ovozga qo‘yish uchun kiritildi hamda jami 131 ta ovoz bilan joriy yilning 25-iyun kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida, shuningdek, “Mening Konstitutsiyam” platformasida umumxalq muhokamasi uchun qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson qadri, huquq va erkinliklari hamda himoya qilinishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, Yangi Konstitutsiyaning 13-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi – deb belgilandi.

Shuningdek, ushbu moddaning qolgan qismlarida insonning shaʼni va qadr-qimmatini, huquq va erkinliklarini hurmat qilish, ularga rioya etish, ularni himoya qilish davlatning majburiyati ekanligi, insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonunchilikda yuzaga keladigan, bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstutusiyaning 27-moddasida Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o‘z shaʼni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega ekanlig, har kim o‘z shaxsiga doir maʼlumotlarni himoya qilish huquqiga egaligi, har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega ekanligi, har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga egaligi, sudning qarorisiz uy-joydan mahrum etilishga yo‘l qo‘yilmasligi, hech kim shaxsning uy-joyiga yoki boshqa mol-mulkiga qonunda nazarda tutilganidan boshqacha holda va tartibda kirishga, tintuv o‘tkazishni yoki ko‘zdan kechirishni amalga oshirishga haqli emasligi kabi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida bir qancha yangi normalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida kelgusida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” – degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshirishga, inson qadri eng oliy qadriyat bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
katta maslahatchisi A.Urmonov