Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Xodimlar va ish beruvchilar uchun qator qulayliklar yaratiladi


Xodimlar va ish beruvchilar uchun qator qulayliklar yaratiladi

 

Amaldagi Mehnat kodeksi 1995-yilda qabul qilingan boʻlib, hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. Xususan, pandemiya sharoitida korxona, tashkilot va idoralar xodimlari masofadan ishlash tizimiga oʻtishiga toʻgʻri keldi. Ammo bunday vaziyatda ish beruvchi yoki ishchi xodimlarning huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi yoki tartibga soluvchi normalar mavjud emasligi amaliyotda bir qator muammolarni keltirib chiqardi.

Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksida mehnat munosabatlariga doir qator yangi normalar aks etdi. Ushbu hujjatning hajmi amaldagisiga nisbatan deyarli 3 barobar katta boʻlib, 2 qism, 7 boʻlim, 34 bob va 581 moddadan iborat. Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Xodimlar uchun ishga qabul qilish bosqichlari, jumladan, ishga kirish tartiblari belgilab olinmoqda. Ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilmoqda. “Xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” asosi chiqarib tashlanmoqda. Ishdan boʻshatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan ish stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori belgilanmoqda. Xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilishga bagʻishlangan normalar kiritilmoqda. Dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda koʻchirish qoidasi kiritilmoqda. Mehnat taʼtilining minimal davomiyligi kalendar kunlarda (15 ish kuni oʻrniga 21 kalendar kuni) belgilanmoqda.

Ish beruvchilar uchun esa muddatli mehnat shartnomasini tuzish asoslari sezilarli darajada kengaytirilib, bir martalik uzaytirish huquqi bilan 5 yildan 3 yilgacha qisqartirilmoqda. Xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda. Ish beruvchi tomonidan ish vaqti rejimining turli xil variantlarini belgilash mexanizmi joriy etilmoqda. Ish beruvchi tomonidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish va ishdan chetlashtirish tartibga solinmoqda.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 6 oydan soʻng kuchga kiradi.

 

Botir Nuriddinov,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

boʻlim boshligʻi