Янгиликлар
Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi
Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 8-noyabrdagi № 650–sonli qarori bilan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Mazkur Nizomga koʻra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million soʻmgacha davlat granti ajratiladi.
Davlat granti “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan, xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz, norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan, odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan, umumiy oʻrta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar, muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi.
Svetlana Joʻrayeva,
Nurafshon shahar FHDYO
boʻlimi mudirasi