Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Referendumda ishtirok etish huquqi, referendum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish


Referendumda ishtirok etish huquqi, referendum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish

 

Davlatimizda Konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilayotgan jarayonda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi boʻlib oʻtmoqda. Bunda qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan takliflar maromiga yetkazilganidan soʻng loyiha umumxalq ovoziga qoʻyiladi, yaʼni referendum oʻtkaziladi.

Xoʻsh, referendumda kimlar ishtirok etish huquqiga ega, referendum oʻtkazilishi bilan bogʻliq murojaatlar referendum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan qay tartibda koʻrib chiqiladi. Ushbu savollarga javobni biz Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi qonuni orqali bilib olamiz.

Binobarin, yuqoridagi qonunning 6-moddasida ryeferendum oʻtkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi referendumda ishtirok etish huquqiga egaligi belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi ham referendumda ishtirok etishga toʻla haqli.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar esa referendumda ishtirok etish huquqiga ega emas.

Mazkur qonun bilan kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyatiga qarab fuqarolarning referendumda qatnashish huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash man etilishi ham mustahkamlab qoʻyilgan.

Referendumni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar referendum boʻyicha ovoz berishni bevosita uchastka komissiyalari orqali amlga oshiradilar.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin okrug komissiyasi tomonidan yigirma besh kundan kechikmay besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisining vazifalarini ularning rahbari amalga oshiradi.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar referendumni oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Qonun talablari buzilganligi yoki referendumni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqishi, ushbu murojaatlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, referendumga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, javob qaytarishi shart. Bundan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinib, ryeferendum oʻtkazuvchi komissiya raisi tomonidan murojaatni koʻrib chiqish hamda unga doir qaror qabul qilish uchun tegishli komissiyani belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.

Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.

Murojaatni koʻrib chiqqan referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolari uni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.

Referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi referendum natijalari eʼlon qilinganidan keyin oʻz faoliyatlarini tugatadi.

 

Aziz Adilov,

Chirchiq shahar adliya

boʻlimi boshligʻi