Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Toshkent viloyati vakili “Jadid tafakkuri” respublika tanlovi gʻolibi




Toshkent viloyati vakili “Jadid tafakkuri” respublika tanlovi gʻolibi

Adliya vazirligi tizimidagi yuridik taʼlim muassasalari talaba-oʻquvchilari oʻrtasida ilk bor “Jadid tafakkuri” stipendiyasi taʼsis etilib, tanlov oʻtkazildi.

Maqsad, yoshlar oʻrtasida jadidchilik harakati namoyandalarining milliy istiqlol, millat va davlat huquqi, adolatli jamiyat qurish, inson huquqlari, milliy davlatchilikka oid gʻoyalarini chuqur oʻrganishga ragʻbat uygʻotish, boʻlajak huquqshunoslarda novatorlik, ijodkorlik, yangicha dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Tanlovning saralash va final bosqichlarida Respublika boʻyicha 800 dan ortiq ishtirok etgan oʻquvchi-talabalar oʻrtasida Toshkent viloyat yuridik texnikumi oʻquvchisi Goʻzal Qodirova yuridik texnikum va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida faxrli 1-oʻrinni egalladi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Goʻzal Qodirovani ushbu gʻoliblik bilan qutlaydi. Uning kelgusi ishlarida omadlar tilaymiz!

Maʼlumot uchun: Tanlovda yuqori oʻrinni olgan 6 nafar talaba-oʻquvchi gʻolib, deb topiladi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida stipendiya oʻquv yili davomida har oy berib boriladi.