Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bilasizmi


 

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

 

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratiladi:

 

(https://lex.uz/docs/6002834) yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming soʻmgacha) miqdorida;

 

ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

2025-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming soʻmgacha) miqdorda bir martalik;

 

tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million soʻmgacha, xotin-qizlarga 10 million soʻmgacha;

 

tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln soʻmgacha) miqdorida;

 

hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun – aʼzolik badali miqdorida;

 

aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik;

 

“usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming soʻmdan) kam boʻlmagan miqdorda;

 

shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari (7,5 mln soʻm) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.