Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Tayinlov


Akbar Tashkulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Prezidentning tegishli farmoni bilan Tashkulov Akbar Djurabayevich adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Akbar Tashkulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy.  1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni sohibi.

U oʻz mehnat faoliyatini 1994–1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

A. Tashkulov adliya organlari tizimida turli masʼul lavozimlarda ishlagan. Jumladan, 2005–2013-yillarda Surxondaryo viloyat, 2013–2017-yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari boshligʻi, 2017–2021-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021-yil dekabrdan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Tashkulov Akbar Djurabayevichni ushbu masʼuliyatli tayinlov bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!