Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

KIMLAR YoSHGA DOIR PENSIYAGA MUDDATIDAN OLDIN CHIQISHI MUMKIN


KIMLAR YoSHGA DOIR PENSIYAGA MUDDATIDAN OLDIN CHIQISHI MUMKIN

 

SAVOL

Pensiyaga chiqishimga ikki yil qolganda xozirgacha ishlab kelayotgan joyimdan meni shtatimga qisqartirish kelganligi sababli ishsiz qoldim. Hozirda 53 yoshdaman. 23 yillik stajga egaman. Men shu holatda muddatdan oldin pensiyaga chiqishim mumkinmi ?


JAVOB

Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunning 14-moddasiga koʻra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar:

 

 Erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;

 

 Ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar deb belgilangan.

 

 Demak siz xozirda pensiyaga chiqishingiz uchun mehnat birjasiga murojaat qilasiz va u yerda ishsiz deb roʻyxatga olinganingizdan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishingiz mumkin boʻladi. Agar mehnat birjasi sizga maqbul keladigan ish topib bersa yana ikki yil ishlab keyin chiqishingiz xam mumkin.

 

 

 

Nurafshon shahar

adliya boʻlimi bosh maslahatchisi

E.A.Eshonqulov