Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

446 nafar xodimning ish haqi undirib berildi


446 nafar xodimning ish haqi undirib berildi

 

Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimiga fuqaro Z.A. aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun Yangiyoʻl shahar xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan haq toʻlab berimaganligi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan oʻrganishlar davomida “Yillik mehnat taʼtiliga chiqish toʻgʻrisidagi” buyrugʻida 2022-yilning 1-iyun kunidan 2022-yilning 23-iyul kuni qadar mehnat taʼtili berilganligi, ishga chiqish vaqti 2022-yil 25-iyul kuni deb belgilangan boʻlsada, ish beruvchi hamda tashkilotning masʼul xodimlari tomonidan ishga chiqishga toʻsqinlik qilib, tabelda 5 ish kun uchun taʼtilda deb belgilanib, 2022-yilning 30-iyul kunidan boshlab ishga chaqirilib, xodimga 5 ish kuni uchun haq hisoblanmaganligi maʼlum boʻldi.

Vaholangki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasining birinchi bandiga asosan xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqtda uning oʻrtacha ish haqi saqlanadi, deb belgilab qoʻyilgan.

Fuqaroning murojaati yuzasidan tashkilotda soʻrov yoʻli bilan oʻtkazilgan monitoring davomida Yangiyoʻl shahar xalq taʼlimi boʻlimi tassarufida faoliyat yuritayotgan 446 nafar xodimlarga yuqoridagi holat takrorlanib, jami 372 million 790 ming 250 soʻm toʻlanmaganligi aniqlandi.

Bu esa 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining talablari buzilganligini koʻrsatadi.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga asosan Yangiyoʻl shahar adliya boʻlimi tomonidan Yangiyoʻl shahar xalq taʼlimi boʻlimiga tegishli taʼsir chorasi qoʻllagan holda fuqaro Z.A.ga hamda tashkilotda faoliyat yuritayotgan 446 nafar xodimga jami 374 million 900 ming 250 soʻm undirib berildi.

 

 

               Akram Toshqulov,

Yangiyoʻl shahar adliya

boʻlimi boshligʻi