Янгиликлар
MOBIL-ID TIZIMI NIMA VA QANDEY FOYDALANILADI?
MOBIL-ID TIZIMI NIMA VA QANDEY FOYDALANILADI?
Mobil-ID tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun toʻlov undiriladimi?
Ushbu savolga Bekobod tumani Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Gulnoza Kanjarova javob beradi.
Bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirish orqali amalga oshiriladi.
Bunda, Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilganda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
YIDXPning mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga
oshiriladi.
Bekobod tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlar markazi
bosh mutaxassisi G.A.Kanjarova