Янгиликлар
Qonun hujjatlarida ayollarga va yosh oilalarga yaratilgan imtiyozlar
Qonun hujjatlarida ayollarga va yosh oilalarga yaratilgan imtiyozlar
1. Ayollar uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
17-sentyabrdagi 585-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan xotin qizlarni oʻqishi uchun imtiyozlar yaratilgan boʻlib unga koʻra ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar davlat OTMlariga kontrakt asosida oʻqishga kirganida kontrakt toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan toʻlab beriladi.
Bunda har bir hududdan oʻqishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar,
jami 150 nafar xotin-qizlar uchun toʻrt yillik kontrakt toʻlab beriladi.
Buning uchun ariza oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.
2. Yosh oilalarga imtiyoz
30 yoshdan oshmagan va yangi turmush qurgan (Turmush qurganiga 3 yildan oshmaganlarga xam) yoshlarga 33 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yil kungi 637-son qarori bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan va ushbu nizomga asosan mazkur kreditni ajratish tartibi va shartlar belgilangan.
Bunda kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratilishi, buning uchun fuqaroga “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari kafillik berishi yani buning uchun fuqao ish xaqisi bor shaxs boʻlishi kerak emasligi, yoshlarning alohida toifalari deganda quydagilar nazarda tutulishligi belgilangan:
1) 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan;
2) yangi (ikkala tomon xam birinchi marta) turmush qurgan;
3) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan shaxslar
Bundan tashqari tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish bermaslik masalasini xal etishligi hamda ushbu kredit 6 oy imtiyozli davri bilan 20 yilgacha muddatga berilishligi belgilab qoʻilgan.
Bekobod tumani adliya boʻlimi inson
huquqlarini himoya qilish va huquqni
qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi
bosh maslahatchisi S.Musayev.