Янгиликлар
2005-yildan keyingi yillarga mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan turib pensiya tayinlanadi.
2005-yildan keyingi yillarga mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan turib pensiya tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi «Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida» 2019-yil 20-sentyabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori tasdiqlangan. Ushbu qarorga asosan, Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti; Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Ushbu qarorga muvofiq, pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan: 2005 — 2016-yillar davri uchun jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 2016 — 2018-yillar davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlaridan; 2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlaridan foydalaniladi; b) ushbu bandda koʻrsatilgan davrlar uchun arxiv maʼlumotlaridan faqat tizimlarda zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
Bekobod tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktori Ubaydulla Mirzayev.