Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishi munosabati bilan nimalar oʻzgaradi...?


Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanishi munosabati bilan nimalar oʻzgaradi...?

 

Mazkur nizom davlat pensiyalarini tayinlash, pensiya imtiyozlarini qoʻllash, qayta hisoblash, tiklash, toʻlash, pensiyadan chegirma qilish, fuqarolarning pensiya va boshqa toʻlovlar bilan taʼminlashga doir masalalarini hal qilish tartibini belgilashligi koʻrsatib oʻtilgan boʻlib unga koʻra, tashkilotlar maʼmuriyati har yili dekabrda shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladigan xodimlar roʻyxatini tuzishligi koʻrsatildi.

Shuningdek, Fuqaro pensiya tayinlashni soʻrab pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisidagi huquqlari mustxakamlab qoʻyildi.

Bundan tashqari fuqarolarning asosiz ravishda sarson boʻlib turdi xil tashkilotlarga borib har xil turdagi hujjatlarni yigʻib yurishlarini oldini olish maqsadida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar quyidagilardan olinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash uchun mavjud maʼlumotlarni tekshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilgan:

-jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan;

-pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestridan;

-fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestridan;

-yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik, idoralarning axborot tizimlaridan.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi hududida maʼlumotlarni raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar natijasi oʻlaroq quyidagilarni tayinlashni soʻrab murojaat qilganda ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud boʻlgan hollarda ilova qilinmasligi belgilangan:

-yoshga doir pensiya tayinlashni;

-nogironlik pensiyasini tayinlashni;

-boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni;

 

Shuningdek ushbu nizom bilan pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ular zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda ham, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam koʻrsatishligi belgilab qoʻyilgan, bu esa bir necha yillar davomida davlat, jamiyat uchun sidqidildan xizmat qilib endigina pensiya yoshiga yetib qarilik gashtini surib unib oʻsayotgan yosh avlodga oʻzining nasixatlari bilan ularni kamol topishida amaliy yordam koʻrsatishni niyat qilib yurgan fuqarolarni pensiyaga chiqishi uchun qaysidir bir hujjati kam boʻlganligi sababli idorama-idora sarson boʻlishini oldini oladi.

Biroq ushbu nizomning ijro qilinishi yaʼni fuqarolarning sarson boʻlmasligini oldini olish, tegishli tuman va shaharlarda faoliyat koʻrsatib kelayotgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi hodimlarining qanchalik xizmat vazifalariga sidqidildan yondashishligiga bogʻliq desak adashmagan boʻlamiz, sababi pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan fuqarolarning barchasi ham huquqiy bilimlari yuksak darajada va ushbu sohadagi qonunchilik tizimini yaxshi tushunadi deb ayta olmaymiz aslini olganda fuqarolardan ushbu qonun hujjatlarini bilish va uni tushunishni talab qilishning oʻzi notogʻri buni ushbu soha vakillari yaʼni Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi hodimlari fuqarolarga tushuntirishlari kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan vaqt keldi”

 

Bekobod tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi Musayev Sunnatillo Soibjonovich